O'qituvchi haqida
Ustuvorligim halollik va mas'uliyat
Ismim Muhammadillo (Muhammad deb ham chaqirishadi). 22 yoshdaman. Turk tilidan Turkiyaning nufuzli universitetlaridan birida TÖMER C1 sertifikatini qo'lga kiritganman, akademik Turkcha kursi bitiruvchisi va Turkiya Grantlari Xalqaro Dasturi g'olibiman. Bugungacha individual va guruh shaklida jami 30 dan ortiq o'quvchiga Turk tilidan online dars berdim. Turk tilini mustaqil o'rganganman va "İstanbul ağzı" deb ataladigan badiiy tilga eng yaqin shevada 4 yil davomida Turklar bilan muloqotlar olib borish natijasida ushbu darajaga yetib kelganman. Hozirda Xalqaro Munosabatlar sohasida ta'lim olib, o'z ustimda ishlab kelmoqdaman. Maqsadim diplomat bo'lish. Til o'rgatish bilan esa bo'sh vaqtimdan unumli foydalanish maqsadida shug'ullanaman. Birinchi marotaba sinov tariqasida dars berganimda o'quvchilar tomonidan bildirilgan qiziqish va ijobiy izohlar bu sohaga kirib kelishimga turtki bo'lgan. Samimiy va iliq muhitda dars berishni yoqtiraman. Turkiyada yashagan tajribalarim soyasida tabiiy Turkchaga oshinoman va odatda buni qarshimdagi insonga yetkazib berish uchun harakat qilaman.
Jadval
O'zingizga qulay vaqtni tanlang va band qiling
Qo'shimcha ma'lumot
Ta'lim
2021 - 2026
İstanbul Medeniyet Üniversitesi
Xalqaro Munosabatlar
Tugallanmagan oliy
Tajriba
2024-05 - 2024-12
O'zbekiston Istanbul Boshkonsulxonasi
Amaliyotchi xodim
Toshkent shahri
Sohamdan kelib chiqqan holda konsulxonada amaliyot o'tadim va davlatimiz uchun xizmat qildim
2022-04 - Hozir
Online dars
O'qituvchi
Fargʻona viloyati
Bo'sh vaqtlarimda Turk tilidan online dars berib kelmoqdaman
Sertifikat
2022
TÖMER
İstanbul Medeniyet Üniversitesi
Turk tilidan TÖMER sertifikati C1 daraja. Umumiy 98 ball bilan İstanbul Medeniyet Üniversitesi rekordchisiman.
Ustozga xabar jo'natish