O'qituvchi haqida
Katta orzularga ega qalb egasi
2019 -yilda O'zbekiston Milliy Universitetining Xorijiy filologiya fakultetini tamomlab, shu yili Xitoy Xalq Respublikasining Jianxi provinsiyasida joylashgan universitetda o'qishimni davom ettirdim. U yerda o'qish bilan bir qatorda ingliz tili o'qituvchisi lavozimida ham faoliyat olib bordim. Xitoydagi muhit meni chinakamiga yaxshi kadr sifatida sayqallanishimga sabab bo'ldi. Oflayn (Offline) va masofaviy (online) platformalarda turli xil o'qitish metodlaridan foydalanib, o'quv materiallarini tahlil qilishni o'rgandim. 2020-yilda Toshkentga qaytdim va Vosiq Xalqaro maktabida ingliz tili o'qituvchisi bo'ldim. 2023 -yilda Toshkent shahridagi Vebster universitetining MA TESOL dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, hozirda o'rgangan bilimlarimni amalda qo'llab kelyapman. Til o'qituvchisi sifatida shuni ayta olamanki, til o'rganish asnosida insonning ko'p qobiliyatlari shakllanadi va fikri teranlashadi. Bu ko'nikmalar esa yaxshi imkoniyat eshiklarini kelajak uchun ochib bera oladi.
Ustozga xabar jo'natish