O'qituvchi haqida
Mehribon va intiluvchan
Munavvar Baxtiyorova Baxtiyorovna
Men 1988-yil 9-avgustda Samarqand viloyati Past darg’om tunami Kichik naymancha mahallasida ziyoli oilada tavallud topganman. Oilada 4 ta farzandmiz. Dadam va onam o’qituvchi bo’lib ishlagan, 24-maktabda. Akamlar kichik tadbirkorlik bilan shug’ullanadi, opam hamshira va ayollar gimnastikasi murabbiyi. O’zim ham 24-umumiy o’rta ta’lim maktabida tahsil olganman. Tahsil davomida ko’plab tanlovlarda, tadbirlarda faol qatnashganman. 11-sinfni tugatib (2006), SamDU o’zbek filologiyasiga o’qishga topshirganman va talab bo’la olmaganman. 2007-yilda talaba esa qayta topshirib talaba bo’lganman. Oliy ta’lim davomida ham dars, tadbir va tanlovlarda faol qatnashib kelganman va qizil diplom bilan tugatgan edim. (2011)
2011-yilning iyul oyida oila qurdim va o’sha yili Samarqand shahar 9-umumiy o’rta ta’limida ish faoliyatimini boshlab, ona tili va adabiyot fanidan dars bera boshladim. Shu maktabda onalik ta’tillari bilan birgalikda 2019-yilgacha ishladim. Bolalarni fan olimpiadalariga tayyorladim, ular viloyatgacha chiqib o’rin olishdi. 2017-yilda meni maktabda ona tili va adabiyot fanining uslub birlashma rahbari qilib tayinlashdi. 2019-yilda Maktabgacha ta’lim fakultetiga magitratura uchun qabul ochildi va oldindan shu sohaga qiziqqanim va bolalarni yaxshi ko’rganim uchun topshirdim. Shu yildan boshlab maktabacha ta’lim magistranti bo’lib o’qiy boshladim. 2020-yilda 3-farzandim dunyoga keldi (karantin edi). 2021-yilda o’qishni tugatdim. O’qish davomida 1 ta ilmiy maqola va 4 ta tezish chiqardim jurnal va konferensiyalarda. 2022-yil 10-oktabrdan Yodju universitetida o’rindosh asosida maktabgacha ta’lim bakalavr talabalariga dars berib kelmoqdaman. Umumiy stajim 7 yil, ped staj 5 yil hisoblanadi. 3 nafar qizaloqlarning onasiman.
Magistratura diplom mavzuyim: Maktabgacha yoshdagi bolalarning ilk matematik tasavvurlarini shakllantirishda matematik o’yinlardan foydalanish metodikasi.
Ustozim: Mardonov Eshim Murodovich.
Qiziqishlarim: she’r yozish, kitob o’qish, bolalar bilan o’ynash, ular bilan har xil narsalar yasash, kompyuterda roliklar tayyorlash, to’quvchilik, tikish, sayohatga chiqish.
Karantin vaqridan beri oilamiz bilan Youtube da Tetapoya va Pillapoya tv nomli kanallarini yurgizib kelmoqdamiz.
Bizning eng katta yutug’imiz 1-farzandimiz Prezident maktabiga 1-o’rinda qabul qilingani bo’ldi va men ular uchun uyda qolganimdan afsus qilmadim.
Bolalar bilan yaxshi chiqishib ketishim bolalikdan bor edi, amakimni, qo’shnimzini bolalariga qarashni yaxshi ko’rganman va ular bilan tez til topishar edik. Bu narsa menga o’z farzandlarimni yaxshiroq qarashimga yordam bergan deb o’ylayman. Ular orqali juda ko’p o’qidim, izlandim va tajribalarim ijobiy natija berdi.
Men shunda bir fikrga keldimki, agar dehqonning (ya’ni oddiy odamlarning) ham farzandini yaxshi parvarish qilsa, o’qitsa va tarbiyalasa, ular rivojlana oladi. Keyingi o’rinda agar onalar farzandlari uchun bilim olishdan erinmasa, tarbiya chiroyli bo’ladi.
Jadval
O'zingizga qulay vaqtni tanlang va band qiling
Qo'shimcha ma'lumot
Ta'lim
2018 - 2020
SamDU
o'zbek filologiyasi, maktabgacha ta'lim
Magistr
Ustozga xabar jo'natish